08:16 / 22.04.2020
44190
Karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketayotganiga izoh berildi

Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba'zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi 

AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Habibulla Oqilovning aytishicha, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi.

“Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba'zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi.

Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi.

Virusni ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas”, - dedi u.

Shuningdek, H. Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, agar bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarning karantinga kirishi majburiydir. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top