15:07 / 22.04.2020
9017
Missuri shtati koronavirus pandemiyasi sababli Xitoyni sudga berdi

Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmittning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati "jamoatchilikni chalg‘itgan", "muhim ma'lumotni yashirgan", "kasallik insondan insonga yuqishini rad etgan" va hatto "himoya vositalarini yashirgan".  

Foto: Picture Alliance

Missuri shtati Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasi sababli sudga berdi. Bu haqda shtat bosh prokurori Erik Shmitt ma'lum qildi.

Uning fikricha, Pekin COVID-19 borasida dunyoni "aldagan" va epidemiyani dastlabki bosqichida to‘xtatish uchun juda oz ish qilgan.

"Missurida virus oqibatlari katta – minglab bemorlar, ko‘plab qurbonlar bor", - dedi Shmitt.

U kichik biznesdagi ko‘plab kompaniyalar yopilishga majbur bo‘lgani va ularning xodimlari oilalarini boqishga juda qiynalayotganini qo‘shimcha qildi.

Missuri shtati sudiga berilgan da'vo arizasi Xitoy hukumati, Xitoy kommunistik partiyasi, qator vazirliklar, Xubey provinsiyasi va Uhan shahri ma'muriyatiga qarshi qaratilgan.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati "jamoatchilikni chalg‘itgan", "muhim ma'lumotni yashirgan", "kasallik insondan insonga yuqishini rad etgan" va hatto "himoya vositalarini yashirgan". Shmittning aytishicha, "bu epidemiyaning oldini olish mumkin edi".

Donald Tramp ma'muriyati so‘nggi paytlarda Xitoyga qarshi qaratilgan ayblovlar otashini yanada olovlantirib, Chinni epidemiya sababchisi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top