08:15 / 22.04.2020
7088
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol Reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi

Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda 

Foto: Shutterstock

Joriy yil 20 aprel holatiga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol farzandlari bilan Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirildi. Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Oliy Majlis Senat axborot xizmatining yozishicha, oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarning muammolarini hal qilish bo‘yicha hududlardagi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari va bo‘limlari, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, prokuratura organlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan izchil hamkorlikda ish olib borilmoqda. 

“Muammolarning hal qilinishi borasida olib boriladigan ishlar esa Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining doimiy nazoratida bo‘ladi”, - deyiladi ma'lumotda.  

Ta'kidlanishicha, respublikadagi barcha markazlar bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida karantin talablaridan kelib chiqqan holda “o‘zini o‘zi yakkalash” tartib-qoidalariga amal qilgan holda faoliyat olib bormoqda. 

Top