23:22 / 22.04.2020
52637
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 24 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 22 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

22 aprel kuni zararlanish holatlari soni 38taga oshdi, 93 bemor sog‘aydi, bir kishi vafot etdi.

Kasallik tarqalishni boshlagandan buyon jami 450 kishi kasallikdan sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top