10:02 / 22.04.2020
61093
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1700ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 22 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1692 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

So‘nggi to‘rt kun mobaynida yangi aniqlanayotgan holatlar soni kamaymoqda. 18 aprel kuni 85 kishi, 19 aprelda 75, 20 aprelda 62 va 21 aprelda 51 kishida koronavirus tasdiqlandi.

Shu vaqtgacha 357 kishi kasallikdan sog‘aydi, 6 kishi vafot etdi.

21 aprel kuni ilk marta kunlik sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish holatlari sonidan ko‘p bo‘ldi - turli hududlarda jami 91 kishi reabilitatsiyaga kuzatildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top