18:08 / 22.04.2020
6662
«Paxtakor»da pasayish, «Mash'al»da o‘sish. Koronavirus Superliga klublari transfer qiymatiga qanday ta'sir qildi?

Butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi futbolga ham jiddiy ta'sirini o‘tkazdi. Barcha chempionatlar to‘xtatib qo‘yilishi ortidan klublar moliyaviy qiyinchiliklarga uchramoqda. Buning oqibatida «Transfermarkt» portali pandemiya tufayli jahon futboli yulduzlarining transfer narxini pasaytirgandi. Nashr bu borada O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining ham transfer bahosini tushirdi.

Manbada futbol klublarining futbolchilari soni va bahosiga qarab umumiy tarkib narxi keltirilgan. Shuningdek, jamoa futbolchilarning o‘rtacha transfer bahosi va yoshi ham yozilgan.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni, Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sanalmish Toshkentning «Paxtakor» klubi futbolchilarining umumiy transfer bahosi 15 milliondan 11,9 million yevrogacha tushirilgan. Jamoa o‘yinchilarining o‘rtacha narxi 517 ming yevroga baholangan. Shunga qaramay, Toshkent klubi O‘zbekistonning eng qimmat tarkibga ega jamoasi sanaladi.

Xususan, Superliganing eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan «Paxtakor»ning 26 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipovning transfer bahosi 1,8 million yevrodan 400 ming arzonlab, 1,4 mln yevroga tushdi.

Bu borada ikkinchi o‘rindagi Igor Sergeyevning narxi esa 1,6 milliondan 1,3 mln yevrogacha tushgan. Uchinchi eng qimmat futbolchi Dragan Cheranning bahosi esa 1,2 mlndan 950 ming yevrogacha tushgan.

E'tiborlisi, Superliga klublari orasida futbolchilari transfer bahosi o‘sgan yagona klub «Mash'al» bo‘ldi. Pro-ligadan Superligaga chiqib, mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan Muborak jamoasining umumiy transfer qiymati koronavirusgacha 1,43 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 2,3 million yevroni tashkil etmoqda. Shunga qaramay, «Mash'al» tarkibi Superliganing bahosi eng kam bo‘lgan jamoa bo‘lib turibdi.

Shuningdek, Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi «Nasaf» jamoasi eng yosh tarkibga ega bo‘lib, o‘rtacha yosh 23ni tashkil etgan. Superliganing nisbatan yoshi katta futbolchilari OKMKda – o‘rtacha 29,5 yosh qayd etilgan.

Quyida Superliga-2020 ishtirokchi klublarining koronavirusgacha va hozirgi umumiy transfer qiymati bilan tanishing:

 

1. «PAXTAKOR» (Toshkent)

Umumiy transfer bahosi: 11,9 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 15,08 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 23 / 26,6 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 517 ming yevro

 

2. «LOKOMOTIV» (Toshkent)

Umumiy transfer bahosi: 7,7 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 9 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 26 / 26,7 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 298 ming yevro

 

3. «NAVBAHOR» (Namangan)

Umumiy transfer bahosi: 6,3 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 7,5 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 25 / 26,4 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 253 ming yevro

 

4. OKMK (Olmaliq)

Umumiy transfer bahosi: 5,8 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 6,55 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 21 / 29,5 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 276 ming yevro

 

5. «BUNYoDKOR» (Toshkent)

Umumiy transfer bahosi: 5,6 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 6,8 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 24 / 25,8 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 233 ming yevro

 

6. «SO‘G‘DIYoNA» (Jizzax)

Umumiy transfer bahosi: 5,3 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 6,18 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 23 / 27,1 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 232 ming yevro

 

7. «QO‘QON-1912» (Qo‘qon)

Umumiy transfer bahosi: 5,1 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 5,48 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 25 / 25,9 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 206 ming yevro

 

8. «NASAF» (Qarshi)

Umumiy transfer bahosi: 4,8 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 5,20 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 21 / 23 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 230 ming yevro

 

9. «SURXON» (Termiz)

Umumiy transfer bahosi: 4,6 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 5,13 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 23 / 28 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 200 ming yevro

 

10. «BUXORO» (Buxoro)

Umumiy transfer bahosi: 4,1 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 5,28 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 22 / 26,6 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 186 ming yevro

 

11. «MeTALLURG» (Bekobod)

Umumiy transfer bahosi: 3,9 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 4,60 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 20 / 26,7 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 199 ming yevro

 

12. «QIZILQUM» (Navoiy)

Umumiy transfer bahosi: 3,8 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 3,40 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 25 / 26,6 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 139 ming yevro

 

13. «ANDIJON» (Andijon)

Umumiy transfer bahosi: 2,6 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 2,7 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 23 / 25,1 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 116 ming yevro

 

14. «MASh'AL» (Muborak)

Umumiy transfer bahosi: 2,3 million yevro

Koronavirusgacha transfer bahosi: 1,43 million yevro

Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 29 / 25,2 yosh  

Futbolchining o‘rtacha narxi: 79 ming yevro.

Usmon IBODOV tayyorladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top