17:03 / 22.04.2020
3994
Tramp 60 kun davomida AQShga immigratsiya to‘xtatilganini ma'lum qildi

AQShda 60 kun davomida immigratsiya to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

Foto: Oq uy

«To‘xtalish 60 kun davom etadi. Uning uzaytirilishi masalasi iqtisodiy holatdan kelib chiqib bir guruh insonlar tomonidan hal qilinadi.

Bu ishni inqiroz vaqtida katta zarar ko‘rgan amerikaliklar uchun qilyapmiz. Biz ular oldida qarzdormiz. Ishsiz qolgan fuqarolarimiz Amerika qayta ochilganda ish topishlari mumkin bo‘ladi», degan Tramp.

Ma'lum bo‘lishicha, cheklov shifokorlar va dasturchilarga taalluqli emas. Cheklov doimiy yashash uchun ruxsat beradigan hujjat (grin-kart) so‘raganlar uchun amal qiladi. Mavsumiy ishchilarga viza berish to‘xtatilmaydi. Hujjat bugun imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq AQShdagi korxonalarga kam maosh evaziga xorijlik ishchilarni chaqirgandan ko‘ra, ishdan bo‘shatilgan mahalliy amerikaliklarni qaytarish buyurilishi aytilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top