22:06 / 22.04.2020
14171

Tramp AQSh kemalarini ta'qib qiluvchi Eron kemalarini yo‘q qilishga buyruq berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga Eronning Amerika kemalarini ta'qib qilgan har qanday kemasini yo‘q qilishga buyruq berganini aytdi.

Foto: Reuters

"Men AQSh harbiy-dengiz kuchlariga agarda Eron kemalari dengizda bizning kemalarni ta'qib qiladigan bo‘lsa, ularga o‘q uzish va yo‘q qilishga buyruq berdim", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

2015 yilda Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangan mahalda tomonlar o‘rtasida iliqlik paydo bo‘la boshlagandi, ammo keyin AQShda Tramp prezidentlikka saylangach, 2018 yilda u «Eron bilan yadro kelishuvi»dan chiqib, tomonlar o‘rtasida ziddiyat yana chuqurlasha boshladi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida o‘ldirilganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi vaziyat keskinlashdi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Qosim Sulaymoniyning amerikaliklar tomonidan o‘ldirilishini inson qo‘lini yo‘qotishi bilan tenglashtirdi va bu harakat javobsiz qolmasligiga va'da berdi.

8 yanvar kuni Eron AQShning Iroqdagi koalitsion kuchlari obektlariga hujum qildi.

Mavzuga oid
Top