22:20 / 22.04.2020
25850

Yerning «yangrashi» fazodan yozib olindi

Yevropa koinot agentligi qurilmasi magnitometr yordamida sayyoramiz magnit maydonining tovushlarini yozib oldi. 

Foto: NASA

Olimlar Yer magnit maydonining “qo‘shig‘i”ni taqdim qilishdi. Audioyozuv Yevropa koinot agentligining tvitterdagi akkauntida joylashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, yozuv BepiColombo qurilmasi tomonidan qayd qilingan. Ushbu qurilma ESA va JAXA – Yevropa va Yaponiya koinot agentliklari missiyasi doirasida faoliyat yuritmoqda.

BepiColombo 2018 yilda fazoga uchirilgan. Uning asosiy maqsadi Merkuriy sayyorasini o‘rganish hisoblanadi. U Merkuriy atrofida 6 marta aylangach, Venera atrofida ham 2 marta aylanishi belgilangan.

Mavzuga oid
Top