21:36 / 23.04.2020
7000

AQShning 20dan ortiq harbiy kemasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

Shu bilan birga, dengizda bo‘lgan 90ta harbiy kemaning birortasida ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan. Hozirda AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibida 297 ta harbiy kema mavjud.

Foto: AP

Amerikaning 26 ta harbiy kemasida dengizchilarning koronavirusga chalinishi holatlari aniqlandi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari ma'lum qildi.

Yana 14ta kemada kasallanganlar aniqlangan, ammo ular tuzalib ketishgan.

Barcha kemalar hozirda bazada turibdi. Shu bilan birga, dengizda bo‘lgan 90ta harbiy kemaning birortasida ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan. Hozirda AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibida 297 ta harbiy kema mavjud.

Qo‘mondonlik aynan qaysi kemalarda kasallanganlar aniqlanganini ma'lum qilmagan, ammo 1298 nafar dengizchi kasallik yuqtirgani qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top