12:57 / 23.04.2020
6464
Bolajonlar quvonchni unutmasin – oqqon bilan kurashayotganlar sizdan ko‘mak kutmoqda

Poytaxtdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti oldi hamisha uzoqdan kelgan bemorlarning yaqinlari, homiylik istagida kelgan saxiy insonlar bilan gavjum bo‘lardi. Karantin holati o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi – bugun uzoqdan kelganlarning aksariyati yolg‘iz qolishgan, shifoxona donorlar yetishmasligi uchun qon jamg‘ara olmayapti va eng muhimi, murakkab vaziyatga tushganlar zarur dori-darmonlarga mablag‘ topishga har qachongidan ham ko‘proq qiynalishyapti.

Kun.uz saytida an'ana tusiga kirgan xayriya aksiyalarining navbatdagisi ham shu shifoxonadagi bemorlar bilan bog‘liq.

Birinchi bemorimiz: Diyorbek Abbosov, 2007 yil 2 martda tug‘ilgan. Namangan shahridan kelib davolanmoqda. Onasi Iqboloy Jabborovaning aytishicha, to‘satdan kelgan bu sinov oilani juda qiynab qo‘ydi. Otasi Shuhrat Normirzayev muolajalarni to‘xtatmaslik ilinjida qarz ko‘tarishga majbur bo‘lgan. Hozir uyda davolanishni davom ettiryapti, karantin tufayli poytaxtga kelish imkoniyati ham bo‘lmayapti.

Diyorbekka oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 5875 3809

(Xalq banki, Iqboloy Jabborova nomida)

Viza karta: 4276 3801 5170 2078

(Sberbank, qarindoshi Yoqutxon Mamajonova nomida)

Telefon raqami: +998999134220

Ikkinchi bemorimiz: Nodirjon Qodirov, 2014 yil 9 oktyabrda tug‘ilgan. Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan. 2018 yil oktabr oyida shu kasallikka chalingan va ma'lum muddat davolanishlardan so‘ng 2019 yil 8 yanvarda poytaxtga kelishgan. Bir yildan ortiq vaqt o‘tibdiki bola bu dard bilan kurashib yashamoqda, orada qisqa muddatli tanaffuslarni aytmasa, umri shifoxona devorlari ichida o‘tmoqda. To‘rt farzand ichida yagona o‘g‘il bo‘lgan Nodirjonning sog‘ayib ketishi onasi Nafisa Rajabova, otasi Nasrullo Muhammadiyevlarning bugungi kundagi yagona orzusi.

Nodirjon Qodirovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 5602 4682

(Xalq banki, onasi Nafisa Rajabova nomida)

Viza karta: 4276 3800 1345 9727

(Sberbank, qarindoshi Xudoyberdi Muhammadiyev nomida)

Telefon raqami: +9989919827435

So‘nggi bemorimiz: Xursanali Majidov, 2003 yil 9 iyunda tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani tumanidan. Onasi Sayyora Toshmirzayeva bilan birga 6 oydirki bu murakkab dard bilan kurashib kelmoqda. “Shifoxona ro‘parasida dorixonalar bor, hammasida qarz bo‘lganman. Shuning uchun ko‘chaga ham chiqolmay, oldilaridan o‘tolmay yuribman. O‘zim novvoylarga yordam beryapman. Lekin topganim yetmayapti-da...” deydi otasi Shukurali Abdurahmonov.

Xursanali Majidovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 6040 8574

(Xalq banki, otasi Shukurali Abdurahmonov nomida)

Viza karta: 4097 8211 0070 6683

(SQB, otasi Shukurali Abdurahmonov nomida)

Telefon raqami: +998905868173

Azizlar! Yordamingizni oz yoki ko‘pligining ahamiyati yo‘q. Har qanday kichik mablag‘ ham bu o‘ksik ko‘ngillarni shod qilib yuborishga qodir. Imkoningiz bo‘lmasa, duolaringizda shu dardmandlarni eslab qo‘ying.

Abror Zohidov va Bekjon Jo‘raqulov tayyorladi, tasvirchi Nuriddin Nursaidov.

 

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top