09:30 / 23.04.2020
16241
Karantin vaqtida yirik ishlab chiqarish korxonalari qanday ishlamoqda? SAFI kompaniyasi misolida ko‘ramiz

Butun dunyoni tahlikaga solayotgan pandemiya sharoitida O‘zbekistondagi aksariyat yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z ish faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Bunday kompaniyalardan biri sifatli tovuq go‘shti mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi SAFI brendidir. 

Murakkab vaziyatda xalqimizning tovuq go‘shti mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishga qaror qildi. Buning uchun birinchi navbatda karantin talablariga to‘la rioya etilmoqda. Kompaniya hududiga kirish postlari standartlar asosida jihozlangan bo‘lib, ishga kelayotgan har bir xodim maxsus tekshiruvlar va dezinfeksiya yo‘laklaridan o‘tadi.

Barcha sanitar-epidemiologik talablarga javob beradigan sinchkov tekshiruvdan o‘tmagan biror bir mashina kompaniya hududiga kirishi mumkin emas. Korxonada telefondan foydalanish va hujjatlar bilan ishlashning qat'iy qoida va talablari joriy etilgan. Inshootlar va ularga yondosh hududlarda kundalik dezinfeksiya bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish – bu xodimlarni yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirishga yordam beradigan muhim sanitar-gigiyenik profilaktika chorasidir.

Qayd etish lozimki, ko‘rilayotgan karantin choralari bu faqat korxona xodimlarining koronavirusni yuqtirish yoki tarqatishdan saqlanish bo‘yicha xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ishlarini kuchaytiradi. Umuman olganda sanitar-gigiyenik me'yor va qoidalarga amal qilish SAFI kompaniyasi ish faoliyatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Sanitar talablar bu yerdagi texnologik jarayonlarning barcha bosqichlarida bajariladi. Xodimlar hamisha shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishadi. 

SAFI kompaniyasining asosiy maqsadi – O‘zbekiston xalqini sifatli, halol va ekologik toza mahsulotlar bilan ta'minlashdir.

MChJ «SIFATLI TOVUQ»
Manzil: 100033 , Toshkent sh.
Bektemir, Oltintopgan ko‘chasi ,25.

Telegram: www.t.me/safi_uzb

Instagram: www.instagram.com/safiuzb

Facebook: www.fb.com/safi.uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top