10:38 / 23.04.2020
71411
Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 23 aprel kuni soat 10:00 da «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan chiqishida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1716 nafar holida saqlanib qolayotganini ma'lum qildi.

Nurmat Otabekov / «O‘zbekiston-24» telekanali

Ma'lum qilinishicha, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 318 kishi davolanmoqda, ulardan 76 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.

Jumladan, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 84 bemor davolanmoqda, ularning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 82 nafar bemordan 2 nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. 

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 152 nafar bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 6 nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

  • O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.
  • 22 aprel kuni zararlanish holatlari soni 38taga oshgan va jami holatlar soni 1716taga yetgandi. Shu vaqtgacha 450 kishi kasallikdan sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top