22:47 / 23.04.2020
43379
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1758taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi

«2020 yil 23 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

So‘nggi kunlarda kasallikdan sog‘ayganlar soni yangi zararlanish holatlaridan osha boshladi.

21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, bugun esa 42 nafar kishida kasallik aniqlangan.

Bu kunlarda mos ravishda 96, 93 va 111 nafardan bemorlar tuzaldi.

Kasallik tarqalishni boshlagandan buyon jami 561 kishi kasallikdan sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top