16:48 / 23.04.2020
11201
Turkmaniston mamlakatda koronavirus yo‘qligini rasman ma'lum qildi

Turkmaniston sog‘liqni saqlash vaziri Nurmuxammet Amannepesovning ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusni aniqlash uchun uchta chegaraoldi karantin punkti ochilgan.

Rashid Meredov / Foto: centrasia.info

Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligi ma'lum qildi. Bu haqda Arzuw NEWS agentligi xabar berdi. 

"Biz BMT a'zosi sifatida qabul qilgan majburiyatlarimiz uchun javobgarmiz. Shuning uchun, biz hech narsani yashirmaymiz, biz ochiqmiz", - dedi u.

Meredov shuningdek, diplomatlarni Labop viloyatidagi karantin markaziga tashrif buyurishga taklif qildi.  

Turkmaniston sog‘liqni saqlash vaziri Nurmuxammet Amannepesovning ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusni aniqlash uchun uchta chegaraoldi karantin punkti ochilgan.

"Turkmanboshidagi 360 o‘rinli karantin nuqtasida Boku porti orqali kirib kelgan 67 fuqaro bor. Labop viloyatida mamlakatga kirib kelgan 40ga yaqin fuqaro joylashtirilgan. Qorabo‘g‘oz punktida mamlakatga kirib kelgan 44 nafar fuqaro karantinda", - dedi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatga kirib kelgan barcha shaxslar JSST tavsiyalariga muvofiq ikki haftalik karantinga olinmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top