18:34 / 23.04.2020
7871

UYeFA yevrokuboklar yo‘llanmasi taqsimoti bo‘yicha bir qarorga keldi

UYeFA ijroqo‘mi 23 aprel kuni barcha federatsiyalar vakillari bilan koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan mavsumning taqdiri bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazdi.

Foto: UEFA

Tashkilot rahbariyati barcha ligalarga mavsumni yakunlab olish, chempion va sovrindorlarni halol sport kurashi orqali aniqlashni yana bir bor tavsiya qildi.

Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli, mavsumni yakunlashning iloji bo‘lmasa, UYeFA sport tamoyillariga sodiq qoladi va yevrokubok yo‘llanmalarini jamoalarning hozirgi jadvaldagi o‘rniga asosan taqsimlaydi, deb xabar beradi Daily Mail. 

UYeFA yevrokubok yo‘llanmalarini o‘z reytingi asosida taqsimlashi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi.

Avvalroq, UYeFA hakamlarning video-yordamchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida, yevrokuboklarning qolgan o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top