15:37 / 23.04.2020
3439

Xitoy koronavirusga qarshi kurashish uchun JSSTga 30 million dollar ajratdi

Qayd etilishicha, Xitoy 11 mart kuni JSSTga 20 million dollar ajratgan.

Foto: Thomas Peter / Reuters

Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kurashish uchun JSSTga yana 30 million dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin o‘z tvitterida ma'lum qildi.

"Xitoy COVID-19 ga qarshi global kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 30 million dollar naqd pul ajratishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Xitoy 11 mart kuni JSSTga 20 million dollar ajratgan.

"Bu muhim pallada JSSTni qo‘llab-quvvatlash – xalqaro birdamlikni qo‘llab-quvvatlash”, - deb yozdi Xua Chunin.

Avvalroq Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirish hajmini oshirishini e'lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgan, uning bu qarori dunyoning bir qator siyosiy arboblari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqid ostiga olingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top