09:24 / 23.04.2020
9746
Zominda 4 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 19 aprel kuni soat 07:20da Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 28 yoshli B.U. "VAZ-21063" rusumli avtomashinasini Zomin tumanidan o‘tuvchi 4R-34 avtomobil yo‘lining 49-kilometrida haydab ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan, 4 yoshli S.U.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada voyaga yetmagan S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top