22:16 / 24.04.2020
13473
Bemorlar sog‘ayib chiqayotgan hududlar qatoriga Samarqand ham qo‘shildi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolangan bemorlarning 4 nafari 24 aprel kuni to‘la sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi.

Foto: Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola. Barchasi – Samarqand viloyatidan.

Ma'lumot uchun, bunga qadar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga erishilgan edi.

24 mart kuni O‘zbekistonda Covid-19`dan tuzalganlar soni 60 nafarga ortib, 621 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, zararlanish holatlari 1804tani tashkil etmoqda. Qurbonlar – 8 nafar.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top