19:53 / 23.04.2020
8142
Chexiya sudi hukumatning koronavirusga qarshi choralarini noqonuniy deb topdi

Andrey Babish hukumati 27 aprelgacha tegishli qonunbuzilishlarni to‘g‘rilashi shart, dedi sud vakili dpa agentligiga bergan intervyusida. Shundan keyingina choralar qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi, dedi u.

Foto: Gabriel Kuchta / Getty Images

Praga sudi Chexiya hukumatining  koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasidagi choralarini noqonuniy deb topdi. Cheklov choralari sog‘liqni saqlash vazirligining favqulodda farmoyishlari sifatida emas, balki favqulodda holat doirasidagi harakatlar to‘g‘risidagi qonun sifatida qabul qilinishi kerak edi, dedi sudyalar.

Gap xususan, aholi karantini va do‘konlarning yopilishi to‘g‘risida bormoqda. Andrey Babish hukumati 27 aprelgacha tegishli qonunbuzilishlarni to‘g‘rilashi shart, dedi sud vakili dpa agentligiga bergan intervyusida. Shundan keyingina choralar qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi, dedi u.

Sud shuningdek, alohida idoralar bunday miqyosdagi qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega emasligini va hattoki hozirgi holatda ham huquqiy davlat me'yorlariga amal qilinishi kerakligini ta'kidladi. 

Sud qarori hukumat buyruqlarini noqonuniy deb hisoblagan advokat va sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq bo‘yicha ekspert da'vosi bilan qabul qilindi.

Chexiyada koronavirusga chalinish holatlari 7 mingdan oshdi, 210 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top