20:31 / 24.04.2020
23697

OAV Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z villasida koronavirusdan yashirinayotganini ma'lum qildi 

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Yapon dengizidagi Sharqiy Koreya ko‘rfazi sohilida joylashgan xususiy villada ekanini ma'lum qildi.

Kim Chen In Foto: Peongyang Press Corps / Pool / Getty Images

Bu haqda Channel A telekanali xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Kim Chen In Pxenyanni koronavirusga chalinishi mumkinligi xavotirida tark etishga qaror qilgan. Ta'kidlanishicha, koronavirus Kim Chen Inga yaqin odamlarda aniqlangan. 

Shu sababli Kim Chen In Pxenyanni o‘tgan hafta shaxsiy poyezdda tark etib, o‘ziga qarashli villa joylashgan Vonsan-Kalma kurortiga yo‘l olgan.

Ma'lum qilinishicha, Kim Chen In qarorgohida tibbiy muassasa ham joylashgan.

21 aprelda CNN telekanali AQSh razvedkasi vakillariga tayanib Shimoliy Koreya yetakchisi jarrohlik amaliyotidan keyin og‘ir ahvolda ekanini ma'lum qilgan. Keyinroq Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi bu ma'lumotni rad etgan. Ma'lumot noto‘g‘riligini Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatidagi manba ham tasdiqlagan.  

Bu safar Shimoliy Koreya hukumati va ommaviy axborot vositalari Kim Chen In haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirishmagan. Ta'kidlanishicha, avval ular bunday mish-mishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, ularni inkor qilib kelishgan.

Mavzuga oid
Top