10:27 / 24.04.2020
29764

Yil boshida nominal YaIM hajmi 2 foizga oshgan - Davstatqo‘m

2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 110,5 trln so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,1 foizga o‘sdi 

Foto: Vitaliy Timkiv

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 55,7 trln so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 44,1 trln so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 10,6 trln so‘mni tashkil etdi. 

2020 yil yanvar-mart oylarida YaIM o‘sishi 2019 yil yanvar-martdagi 5,7 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 5,6 foizga nisbatan 4,1 foizgacha sekinlashdi. Shu bilan birga, YaIM deflyator indeksida ham 2019 yil yanvar-martdagi 121,3 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 136,7 foizga nisbatan 2020 yil yanvar-mart oylarida 114,1 foizgacha sekinlashish kuzatildi. 

Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 11,5 mlrd dollarni tashkil etdi (2019 yilning yanvar-martida – 11,1 mlrd doll.). 

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 3,2 mln so‘mni (yoki 341 dollar ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019 yil yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,0 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 2018- va 2019 yil yanvar-mart oylarida mos ravishda 3,9 foiz va 3,8 foizni tashkil etgan. 

Top