15:47 / 24.04.2020
30580
Rossiya fuqaroligini olish osonlashtirildi

Qonun Rossiyada yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga taalluqli. Endi Rossiya fuqarosi bo‘lish uchun boshqa davlat fuqaroligidan voz kechish shart emas.

Foto: TASS

Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi.

Qonun Rossiyada yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga taalluqli. Endi Rossiya fuqarosi bo‘lish uchun boshqa davlat fuqaroligidan voz kechish shart emas.

Shuningdek, sobiq SSSRda tug‘ilgan va uning tarkibidagi respublikalarda yashagan, ammo ularning fuqaroligini olmagan shaxslardan Rossiyada uch yil majburiy yashash talabi olib tashlandi.

Bu me'yor Rossiya fuqarolarining mamlakatda yashayotgan va umumiy farzandlarga ega bo‘lgan chet ellik turmush o‘rtoqlari hamda ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi bo‘lgan va shu yerda yashayotgan xorijliklarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Top