21:10 / 24.04.2020
3833
Telegram foydalanuvchilari soni o‘ttiz foizga oshgani ma'lum qilindi

Foydalanuvchilar soni kuniga qariyb 1,5 mln kishiga ko‘paymoqda.

Foto : KUN.UZ

Telegram messenjeri foydalanuvchilari soni bir yilda o‘ttiz foizdan ortiqroqqa o‘sdi – undan bir oyda 400 mln kishi foydalanmoqda. Bu haqda messenjer bayonotida ma'lum qilindi.

"Telegram foydalanuvchilari soni oyiga 400 mln kishiga yetdi, bir yil avval bu raqam 300 mln edi", - deyiladi bayonotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, foydalanuvchilar soni kuniga 1,5 mln kishiga ko‘paymoqda.

Telegram messenjeri 2013 yilda "VKontakte" asoschisi Pavel Durov tomonidan ishlab chiqilgan. 

Top