20:49 / 24.04.2020
14659
Uhanda koronavirusga chalingan oxirgi bemor davolandi

Butun dunyoga tarqalgan koronavirus ilk marta aniqlangan Xitoyning Uhan shahrida koronavirusga chalingan oxirgi og‘ir ahvoldagi bemor davolandi.

Foto: Xinhua / arxiv

Bu haqda Xitoyning gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen ma'lum qildi, deb xabar berdi “Jenmin jibao” nashri.

“Hozirgina olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Uhanda koronavirus keltirib chiqargan kasallikni og‘ir o‘tkazayotgan oxirgi bemor davolandi va bugungi kunda shaharda bunday kasallar qolmadi”, deb ma'lum qilgan Mi Fen.
 
Pandemiya boshidan beri Uhanda 50 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan. Bemorlardan 93 foizi sog‘ayib ketgan, 3869 kishi kasallikdan vafot etgan.
 
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 915 nafarni tashkil qilmoqda. Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, 57 bemorda kasallik og‘ir o‘tmoqda. 

8 aprel kuni Uhanga kirish-chiqish tiklangandi va 76 kun amalda bo‘lgan izolyatsiya tugagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top