08:27 / 24.04.2020
3714
Xorazmlik o‘qituvchi tomonidan Online-maktab ilovasi ishlab chiqildi

Online-maktab mobil ilovasi videodarslarni Tas-ix orqali ko‘rishni yanada osonroq qiladi

Umumta'lim maktab o‘quvchilari uchun tayyorlanayotgan Online-maktab loyihasi doirasidagi televizion darslarni smartfon va planshetlarda mobil ilova yordamida ko‘rish imkoniyati yaratildi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi Diyor Qurbonov Android tizimida ishlovchi mobil qurilmalar uchun Online-maktab dasturini yaratdi.

Mazkur dastur yordamida o‘qituvchi va o‘quvchilar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallarida berib borilayotgan onlayn darslarni ko‘rishlari mumkin. Dastur Tas-ix tizimida ishlaydi.

Bildirilishicha, tez kunlarda dasturni Google Play Market orqali ham yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Top