00:25 / 25.04.2020
8809
99 yoshli urush faxriysi koronavirusga qarshi kurashga 30 mln funt sterling yig‘di

Britaniyalik 99 yoshli qariya, Ikkinchi jahon urushi faxriysi o‘z bog‘idagi chellenj davomida 30 mln funt sterling yig‘a oldi. Qariya pullarni koronavirusga qarshi kurashayotgan tashkilotlarga xayriya qilmoqchi. 

Foto: Legion-media

30 aprelda 100 yoshini qarshilaydigan Tom Mur ismli erkak koronavirusga qarshi kurashga 30 mln funt sterling yig‘a oldi. Buning uchun u 100 yoshga to‘lishiga qadar 25 metrlik bog‘ida 100 marta aylanib chiqishni o‘z zimmasiga olgan. 

Qariya karantin kiritilishi oldidan tos-son bo‘g‘imida jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan. Shifokor unga tiklanish uchun sayr qilishni tavsiya qilgan. Biroq britaniyalik buni foyda bilan qilishga qaror qilgan.

9 aprelda u o‘z bog‘ida deyarli 3 kmlik masofani bosib o‘tish bo‘yicha chellenj boshlagan va barcha befarq bo‘lmaganlarni xayriya qilishga chaqirgan.

Faxriyning aytishicha, u ming funt sterling yig‘ishni rejalashtirgan. Biroq bu summa tezda yig‘ilgan va Mur summani 10 ming funt sterlinggacha oshirgan. Biroq bu summani ham tezda yangilashga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Legion-media

Qariya haqida butun mamlakat xabar topgan. U har kuni yuzlab minnatdorlik maktublari olmoqda. Murning ta'kidlashicha, unga hozirdayoq 70 mingta otkritka jo‘natishgan.

“U ajoyib ish qilmoqda. U 99 yoshli faxriy, ya'ni har doim old safda bo‘lgan. U hozir ham o‘sha yerda qolmoqda va o‘z qat'iyati bilan barchamizni ilhomlantirmoqda”, deb aytishgan onlayn-intervyulardan birida Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton.

Ta'kidlanishicha, 16 aprelda Mur o‘z “marafoni”ni yakunlayotgan vaqtda uning bog‘ida u bir vaqtlar xizmat qilgan Yorkshir polki harbiylaridan iborat faxriy qorovul uni olqishlab saf tortib turgan.

Shunisi ma'lumki, qariya Pride of Britain (“Britaniya faxri”) mukofoti bilan taqdirlanmoqchi.

Top