23:11 / 25.04.2020
4721
Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 200 mingdan oshdi
Foto: REUTERS / Lucas Jackson

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 201 mingdan oshgan – 201 ming 502 kishi.

Eng ko‘p o‘lim holatlari AQShda qayd etilgan — 53 070ta, bu ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan Italiyadan ikki baravar ko‘p (26 384). O‘limlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Ispaniya (22 902), undan keyin Fransiya (22 648) va Buyuk Britaniya (20 381) turibdi.

Jami kasallanganlar soni 2 868 539, ulardan 924 ming nafari AQShga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ispaniya (223 759), Italiya (195 351), Fransiya (159 952), Germaniya (155 782) va Britaniya (149 556) kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha yetakchi.

Shu bilan birga, koronavirusdan sog‘ayganlar soni 810 mingdan oshgan. Eng ko‘p sog‘ayganlar Germaniya (109 800), AQSh (99 346) va Ispaniyada (95 708).

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top