18:48 / 25.04.2020
19282

Geynrix O‘zbekiston MTJ futbolchilaridan iborat ramziy jamoasini tuzdi

O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy jamoasi safida gollari soni bo‘yicha rekordchi sanalgan Aleksandr Geynrix tomonidan tuzilgan ramziy jamoani e'lon qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasining barcha yosh toifasidagi jamoalari safida gol urgan yagona futbolchi sanalmish Aleksandr Geynrix turli yillarda o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoaga futbolimizning nomdor vakillari hamda hozirda faoliyatini davom ettirayotgan 4 nafar futbolchini kiritgan.

Bosh murabbiy sifatida esa tarixida ilk marta - O‘zbekiston yoshlar jamoasi bilan 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan marhum mutaxassis Viktor Borisov tanlangan.

Aleksandr Geynrixning ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Ignatiy Nesterov

Himoyachilar: Fevzi Davletov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Vitaliy Denisov.

Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov

Hujumchilar: Anvar Soliyev, Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov.

Bosh murabbiy: Viktor Borisov.

Top