20:50 / 25.04.2020
14735
Italiyaning karantindan chiqish rejasi ma'lum bo‘ldi
Foto: AFP

9 martdan buyon karantinda bo‘lgan Italiyaning cheklovlarni yumshatish rejasi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib The Guardian xabar bermoqda.

«Avvalo hammasi koronavirus tarqalish tempiga bog‘liq. 27 aprel kuni qishloq va o‘rmon xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish zavodlari ishga tushishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

4 maydan shahar qurilishlari, tekstil va moda sanoati faoliyati tiklanishi mumkin. Rejaga ko‘ra, restoran, kafe va sartaroshxonalar 18 maydan tiklanadi. Jamoat transporti ishi tiklanishi haqida esa ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, Italiyada karantin dunyo mamlakatlari ichida eng uzoq vaqt davom etmoqda. 9 martdan kiritilgan karantin cheklovlari vaqt o‘tgan sayin keskinlashib bordi. 12 martdan mamlakatda oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari barcha savdo majmualari yopilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top