08:08 / 25.04.2020
7557
Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimiga 11 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Navoiy viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 23 aprel kuni Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida, 1959 yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, ayni paytda Navoiy shahri, «Me'morlar» ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Q. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinasini maxsus ruxsatnomasiz Navoiy shahri «Inspektorlar» ko‘chasida boshqarib, tanishi, 1990 yil Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan, tumandagi «Navbahor» MFYda yashovchi fuqaro P.L.ga 40 litr dizel yoqilg‘isini 240 ming so‘mga baholab, noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

Sh.Q. avtomashinasining yukxonasidan yana 40 litr dizel yoqilg‘isi hamda 5 million 960 ming so‘m pullar tekshirib ko‘rish uchun xolislari ishtirokida hujjatlashtirildi. Mazkur qoidabuzarlik keskin qonunbuzarlikni yuzaga keltirdi. Sh.Q. IIB JQB xodimiga rasmiylashtirilgan hujjatlarni ijobiy hal qilib berishini so‘rab, pora taklif qildi. 

Foto: IIV axborot xizmati

IIV O‘XB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, qoidabuzar umumiy qiymati 10 million 960 ming so‘m pullarni IIB JQB xodimiga berayotgan vaqtda tezkor tadbir qatnashchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Navoiy viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Top