10:00 / 25.04.2020
57687
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1836taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 32 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 25 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1836 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

So‘nggi kunlarda kasallikdan sog‘ayganlar soni yangi zararlanish holatlaridan osha boshladi.

21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, 23 aprel kuni 42, 24 aprel kuni esa 46 nafar kishida kasallik aniqlangan.

Bu kunlarda mos ravishda 96, 93, 111 va 60 nafardan bemorlar tuzaldi.

Virus tarqalishni boshlagandan buyon jami 621 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi.

25 aprel kuni soat 9:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish, koronavirusdan o‘lim va koronavirusdan vafot etish bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvali:

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top