17:09 / 25.04.2020
6082
Peru ichki ishlar vaziri 1300dan ortiq politsiyachi koronavirusga chalinganidan so‘ng iste'foga chiqdi

Peru ichki ishlar vaziri Karos Moran iste'foga chiqdi deb xabar berdi mahalliy OAV.

Foto: Getty Images

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Peruda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 21 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 600 dan ortiq kishi vafot etgan.

Uning iste'foga chiqishi sababi ma'lum qilinmayapti, ammo ushbu haftada Peruda 1,3 ming nafar politsiyachida koronavirus aniqlangan.

Uning o‘rniga general Gaston Rodriges ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Peruda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 21 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 600 dan ortiq kishi vafot etgan.

Peru mart oyi o‘rtalarida o‘z chegaralarini yopgan va 10 maygacha cheklov choralarini joriy etgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top