14:09 / 25.04.2020
21178
Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar bemor sog‘aydi

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 625 nafar bemor to‘liq sog‘aydi 

Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Navoiy viloyatidan 1 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi

Surxondaryoda tuzalganlardan bir nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, bir nafari Samarqand va yana bir nafari Namangan viloyatidan. 

Ularning barchasi (erkaklar) joriy yil 27 mart kuni Moskva – Termiz yo‘nalishida charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Navoiyda tuzalgan bir nafar (erkak) bemor Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Har ikki viloyatdagi 4 nafar fuqarolar orasida eng yoshi kattasi 39 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 625 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top