07:19 / 26.04.2020
40931

Foto: Dubayda hayot o‘z iziga qaytmoqda

Ramazon oyi munosabati bilan BAAda karantin cheklovlari yengillashtirilgan va komendantlik soati ham biroz qisqartirilgandi. Xususan, mamlakatning eng mashhur shahri Dubayda 26 martdan buyon komendantlik soati 24 soat davomida amal qilgan va Ramazon munosabati bilan bu cheklov yumshatilgandi.

Bir oy davomida jiddiy nazoratdagi karantinda bo‘lgan dubayliklar asta sekin oddiy hayot tarziga qaytishmoqda. Shaharda savdo markazlari, restoranlar qisman ochilgan. Tvitter foydalanuvchilari bir oylik karantindan so‘ng Dubayda hayot o‘z iziga qaytayotganini yozib, suratlar joylashdi.

Dubayda savdo markazlari ochildi. Ammo odamlar odatdagidek ko‘p emas. Politsiya odam ko‘payib ketmasligini va ijtimoiy masofa saqlanishini nazorat qilmoqda

«Dubayda hayot qaytmoqda. Odamlar ko‘chalarda sayr qilyapti, uzoq vaqtdan so‘ng yana totli taomlar yeyishimiz mumkin. Ramazonning sharofati», deb yozgan Muhammad Ali Harisi ismli foydalanuvchi. U postiga bir nechta suratlarni ilova qilgan.

5 haftadan buyon ilk marta yugurishga chiqdim deb yozgan mana bu foydalanuvchi tvitterdagi sahifasida
Qayiqlar ham suza boshladi

Shaharda 25 apreldan boshlab savdo majmualari, restoran, kafe va biznes markazlar faoliyati tiklandi.

Ko‘pchilik restoranlarda tayyorlanadigan mazali taomlarni sog‘ingan

Binolar 12:00dan 22:00gacha ochiq bo‘ladi va ular 30 foiz quvvatda ishlaydi. Ya'ni, binolarda odamlarning soni keskin oshib ketmasligi nazorat qilinadi. Do‘konlarda odam ko‘paymasligi uchun turli aksiya va chegirmalar uyushtirishga ruxsat berilmaydi.

Ko‘chalarda ibodat ham qilishmoqda
Dengiz mahsulotlari sotuvchisi

26 apreldan Dubayda jamoat transporti, jumladan, metro faoliyati tiklanishi kutilmoqda. Metroning faqat bitta yo‘nalishi 07:00dan 19:00gacha ishlaydi. Masjidlar, kinoteatrlar va o‘yin maydonchalari hozircha yopiq bo‘ladi. 26 martdan Dubayda 24 soatlik komendantlik soati joriy qilingandi. Ramazon vaqtida esa Dubay amirligida 06:00dan 22:00gacha komendantlik soati bekor qilindi.

Karantindan so‘ng Dubay osmoni to‘lib ketishi haqida hazil ham qilishmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top