00:45 / 26.04.2020
10648

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri iste'foga chiqdi

Foto: AP / Tsafrir Abayov

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Litsman iste'foga chiqqanini e'lon qildi. Bu haqda Isroil televideniyesining 13-kanali xabar berdi.

"Sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Litsman bosh vazir Binyamin Netanyaxuga o‘z lavozimini tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi va uy-joy qurilishi vaziri portfelini so‘ramoqda", - deyiladi telekanal xabarida.

Jurnalistlarning qayd etishicha, sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda koronavirus epidemiyasi davridagi vazirlikning siyosati sababli jiddiy tanqidlarga uchragan. Sog‘liqni saqlash vazirining o‘zi ham koronavirusga chalingan va sog‘aygan.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, bir oz muddat avval Netanyaxu Litsmandan iste'foga chiqishni so‘ragan. 

Isroilda 15 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 200ga yaqin kishi vafot etgan.

 

Mavzuga oid
Top