10:01 / 26.04.2020
76877
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3taga oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 3 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 26 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1865 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

So‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, 23 aprel kuni 42, 24 aprel kuni 46, 25 aprel kuni esa 58 nafar kishida kasallik aniqlangan. 

Bu kunlarda mos ravishda 9693, 111, 60 va 86 nafardan bemorlar tuzaldi.

  • Virus tarqalishni boshlagandan buyon 707 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top