18:29 / 27.04.2020
7356
Airbus kompaniyasi bankrot bo‘lish arafasida turgani ma'lum qilindi

Koronavirus pandemiyasi sababli Airbus kompaniyasi bankrot bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rdi, dedi kompaniya bosh direktori Giyom Fori. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: François Mori/AP

«Biz misli ko‘rilmagan tezlikda mablag‘ yo‘qotmoqdamiz, bu kompaniyamiz mavjudligiga xatar uyg‘otadi», — dedi u. 

Forining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyani saqlab qolish uchun xarajatlarni zudlik bilan kamaytirish lozim.

Airbus aprel boshlarida reaktiv laynerlar ishlab chiqarishni qisqartirishini e'lon qilgandi.  

Aviatsiya sohasidagi inqirozga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida butun dunyoda parvozlar cheklandi. Ekspertlarning fikricha, kelgusida ulkan yo‘lovchi samolyotlari butkul yo‘qolib ketishi mumkin. Xususan, fuqaro aviatsiyasi Airbus A380 va Boeing 747-400 samolyotlaridan mahrum bo‘lishi ehtimoli bor.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top