19:28 / 27.04.2020
12430
Bir kunda 103 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 892 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlarning yana bir guruhi sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

«Sog‘aygan bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Buxoro viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. 

Ushbu klinikada ayni paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 122 nafarga yetdi.

Bugun jami 103 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 892 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top