22:23 / 27.04.2020
17221
Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirib olganlar soni 3 milliondan oshdi

Eng ko‘p kasallanganlar soni AQShda – 993,7 mingdan ortiq. AQSh shuningdek, vafot etganlar soni bo‘yicha ham eng yuqori o‘rinda turibdi – 56 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Foto: ABC

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni 3 milliondan oshdi.  

Vafot etganlar soni esa qariyb 209 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirusga chalinib, tuzalganlar soni 900 ming nafarga yaqinlashgan.

Eng ko‘p kasallanganlar soni AQShda – 993,7 mingdan ortiq. AQSh shuningdek, vafot etganlar soni bo‘yicha ham eng yuqori o‘rinda turibdi – 56 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

AQShdan keyingi o‘rinlarda Ispaniya – 229,4 ming kishi koronavirusga chalingan (23,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan), Italiya – 199,4 ming kishi kasallik yuqtirgan (26,9 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top