21:42 / 27.04.2020
1798
«Formula-1»ning yangi mavsumi iyulda tomoshabinlarsiz boshlanishi mumkin 

«Formula-1» avtopoygalarining yangi mavsumini iyulda ochish rejalashtirilmoqda. Poygalarning birinchi bosqichi Avstriyada 3-5 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Foto: Formula1

Bu haqda  Formula One Group boshqaruv raisi Cheyz Keri ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ilk bor poygalar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

“Biz Yevropada iyulda, avgustda va sentabr boshida poygalar o‘tkazmoqchimiz. So‘ngra sentabr, oktabr va noyabrda Yevrosiyo, Osiyo va Amerikadagi poygalarni kuzatamiz. Mavsumni Fors ko‘rfazida dekabrda Bahrayn bosqichi va Abu-Dabidagi final bilan yakunlaymiz”, deyilgan “Formula-1” saytida. 

“Formula-1”ning yangi mavsumi boshlanishi koronavirus pandemiyasi sababli keyinga qoldirilgandi. Poygalarga egalik qiluvchi Liberti Media kompaniyasi jamoalar ko‘rgan katta zararlarni qisman qoplash uchun ularga 1,4 mlrd dollar ajratadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top