O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedovning o‘zi birga to‘p surgan futbolchilardan iborat ramziy jamoasini e'lon qildi.
Faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Shanxay SIPG» klublarida to‘p surgan 32 yoshli futbolchi ramziy jamoasiga bor yo‘g‘i bir nafar o‘zbekistonlik futbolchi – Aleksandr Geynrixni kiritdi.
Odil Ahmedovning ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Andrey Dikan
Himoyachilar: Andrey Yeshenko, Andreas Grankvist, Yuriy Jirkov
Yarimhimoyachilar: Roman Shirokov, Lassana Diara, Oskar, Villian, Xalk.
Hujumchilar: Samuel Eto’O, Aleksanrd Geynrix.
Bosh murabbiy: Andre Villash-Boash.