16:08 / 27.04.2020
8851

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11 maygacha uzaytirildi

Avvalroq Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 24ta holat qayd etilganini, kasallikka chalinganlar soni 2 717 taga yetganini ma'lum qilgandi.

Foto: sko.gov.kz

Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi sababli 16 martda joriy etilgan favqulodda holat rejimi 11 maygacha uzaytirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning qarori e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror respublikadagi epidemiologik vaziyat hisobga olinib va Qozog‘istonda favqulodda holat rejimini ta'minlash bo‘yicha davlat komissiyasi taklifi asosida qabul qilingan.

"Bu qaror bugungi og‘ir vaziyat sababli qabul qilindi. Agarda epidemiya yangitdan avj olmasa, 11 may kuni favqulodda holat rejimi yakuniga yetadi", - dedi Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayevning ma'lum qilishicha, Nursulton va Olmaota shaharlari orasidagi aviaqatnovlar 1 maydan tiklanadi.

Avvalroq Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 24ta holat qayd etilganini, kasallikka chalinganlar soni 2 717 taga yetganini ma'lum qilgandi.

Bemorlarning 682 nafari sog‘aygan, 25 nafari vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top