08:09 / 27.04.2020
20885

Toshkentda Mercedes-Benz va tibbiy yordam mashinasi to‘qnashdi

YTH oqibatida Damas avtomobili haydovchisi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Telegram messenjerida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ro‘y bergan YTH haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 25 aprel kuni taxminan soat 16:00 da Kichik halqa avtomobil yo‘li va Foziltepa ko‘chalari kesishmasida, bolalar shifoxonasi huzuridagi diagnostik poliklinikaga biriktirilgan, 63 yoshli A.M. boshqaruvidagi Damas va 26 yoshli B.U. boshqaruvidagi Mercedes-Benz E 350 rusumli avtomobil to‘qnashuvi ro‘y bergan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

YTH oqibatida Damas avtomobili haydovchisi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda.

Top