13:18 / 27.04.2020
48865
Yangiyo‘l tuman poliklinikasida tibbiyot xodimida virus aniqlangan – shtab a'zosi

Ayni vaqtda bemor bilan muloqotda bo‘lgan 198 nafar kishi karantinga olingan. 

Foto: Reuters

Yangiyo‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimida koronavirusga test tekshiruvida musbat natija chiqqan. Ayni vaqtda bemor bilan muloqotda bo‘lgan 198 nafar kishi karantinga olingan. Bu haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Shtab a'zosi poliklinika xodimida virus aniqlangani tufayli shahar markazining yopilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi.

“Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik agentligining Toshkent viloyati bo‘limi bosh shifokori bergan ma'lumotga ko‘ra, 22 aprel kuni Yangiyo‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi urologiya bo‘limida o‘rta tibbiy xodimda COVID-19ga test tekshiruvida musbat natija tasdiqlangan.

Tartibga asosan, poliklinikaning 198 nafar xodimi va ular bilan aloqada bo‘lganlar O‘rta Chirchiqdagi karantin shaharchasiga nazorat uchun joylashtirilgan.

Ammo virus aniqlangani tufayli Yangiyo‘l shahri markazining yopilgani, poliklinika shifokor va bemorlari bilan birga yopilgani haqida aholi orasida tarqalgan xabarlar asosga ega emas”, deya Habibulla Oqilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top