11:00 / 28.04.2020
9534
AllBazar.top - foydali xarid hududi

Vaqtlar o‘tib, zamonlar qanchalik o‘zgarishiga qaramay, O‘zbekistonda bozorlar doimo bo‘lgan. Bugungi pandemiya sharoitida, bozorlar vaziyatga moslashib yangi imkoniyatlarni o‘zlashtirmoqda, elektron bozor - AllBazar.top buning yaqqol natijasidir.

AllBazar.top - bu uydan chiqmagan holda, o‘zingiz va oilangiz uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tez va sifatli ravishda buyurtma berish imkoniyatidir.

Elektron do‘kon assortimenti birinchi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlar, tibbiy niqob, bolalar mahsulotlari va hatto butun shahardan topilmaydigan kamyob mahsulotlar bilan har kuni to‘ldirib boriladi.

AllBazar qanday ishlaydi?

AllBazar.top mijozni ro‘yxatdan o‘tish yoki mahsulotlarning uzoq yuklanishi bilan charchatmaydi. Barchasi maksimal darajada soddalashtirilgan: kerakli mahsulotlarni tanlab, savatchaga solasiz va siz bilan bog‘lanish uchun kerakli ma'lumotlarni kiritasiz. Keyin esa xaridlaringiz bir necha soat ichida yetkazib beriladi.

AllBazar.top to‘lovni UzCard, Humo kartalari hamda Apelsin, PayMe, Click ilovalari orqali qabul qiladi, shuningdek mijoz mahsulot yetkazib berilganda, naqd pul orqali ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Mahsulotlar Toshkent shahrida qanchalik tez yetkazib beriladi?

Biz sinalgan logistika kompaniyalari hamda "O‘zbekiston pochtasi" bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining tashuvchi transport vositalariga ham ega. Agar mijoz kunduzgi soat 12:00 ga qadar buyurtma bersa, mahsulotlar o‘sha kunning o‘zida yetkazib beriladi. Soat 12:00 dan keyin rasmiylashtirilgan buyurtmalar esa keyingi kuni yetkaziladi.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga yetkazib berish xizmati mavjudmi?

Ha. AllBazar.top yetkazib berish xizmati nooziq-ovqat mahsulotlar uchun O‘zbekistonning barcha hududlariga amalga oshiriladi. Bizning istiqboldagi maqsadimiz - internet do‘kondagi mahsulotlarni O‘zbekistonning har qanday nuqtasiga 24 soat ichida yetkazib berishdan iborat.

Saytda faqat oziq-ovqat mahsulotlari va niqoblar bormi?

AllBazar.top maxsulotlar assortimentini kundan-kunga to‘ldirib, kengaytirib bormoqda. Oziq ovqat mahsulotlari va tibbiy niqoblar bilan bir qatorda, saytda esdalik sovg‘alari, bolalar o‘yinchoqlari, antiseptik, delikates va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ham topish mumkin.

Shu bilan birga, “Hunarmand-2020” dasturi doirasida, mahalliy ishlab chiqaruvchi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning mahsulotlarini xalqaro bozorga chiqarish maqsadida, xunarmandchilik mahsulotlarining sotuvi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Oloy” bozoridan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Tez kunlarda, muqaddas Ramazon oyi sharafiga “Grand Sugar” MChJ bilan hamkorlikda "Oloy" bozoridan mahsulot sotib olgan mijozlarga, sovg‘a taqdim etish aksiyasi joriy etiladi.

Nega ayrim mahsulotlarning narxlari nisbatan arzon?

AllBazar.top vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar bilan xamkorlik qiladi, bu esa oxirgi iste'molchi uchun keng ko‘lamli chegirmalar va aksiyalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

O‘z saytdagi xaridorlarning katta auditoriyasi mavjudligi sababli, AllBazar.top maxsulotlarga minimal darajada ustama narx qo‘yadi. Maqsadimiz imkon darajasida mijozlarga ko‘proq va sifatli xizmat ko‘rsatish.

Yetkazib berish xizmatining narxi qancha?

Mahsulotni mijozga yetkazib berish xizmati narxi Toshkent shahrining har qanday nuqtasiga 10 ming so‘mni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga yetkazib berish xizmatining narxi mijoz bilan o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, mahsulotlar barcha sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda, mijozning uy-manziliga qadar yetkazib beriladi.

Vaqtingizni tejang va AllBazar.top saytida buyurtma bering.

(O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida)

Reklama huquqi asosida

Top