21:24 / 28.04.2020
7742
Andijonda bugun tuzalib chiqqan 27 bemorning 15 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma'lum bo‘ldi

28 aprel kuni Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus kasalligidan davolanayotgan bemorlarning 27 nafari butkul sog‘aydi.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz viloyat hokimligidan olgan ma'lumotga ko‘ra, tuzalib chiqqanlarning 15 nafari – tibbiyot sohasi vakillaridir.

Ulardan 3 nafari vrach, 8 nafari hamshira, 3 nafari kichik tibbiy xodim va 1 nafari texnik xodim bo‘lib faoliyat yuritgan.

Bugun reabilitatsiyaga o‘tkazilgan 27 kishidan 21 nafari ayollar, 5 nafari esa voyaga yetmagan fuqarolardir.

«Sog‘ayganlarning 10 nafari Andijon shahar, 10 nafari Andijon tumani, 4 nafari Oltinko‘l, 2 nafari Xo‘jaobod hamda

1 nafari Toshkent shahrida yashovchilarni tashkil qiladi.

Bugunga qadar Andijon viloyatida jami 155 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ayni damda ularning 88 nafari butkul sog‘aydi.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 67 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha 100 kishi koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar 992 kishiga yetdi. Jami zararlanish holatlari 1939ta, vafot etganlar 8 kishini tashkil etmoqda.

Top