07:58 / 28.04.2020
40270
Buxoroda kuchli shamol natijasida 7 kishi jarohat oldi

Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esgan.

FVVning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi ma'lumotiga asosan xabar berishicha, kuchli shamol natijasida ijtimoiy soha obektlariga, aholi yashash xonadonlariga va hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotransport vositalariga zarar yetgan, shuningdek 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.

Bildirilishicha, kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. 

“Shu munosabat bilan fuqarolar o‘zlarini ehtiyot qilishlari hamda avtotransport vositalarini daraxtlar va binolarga yaqin joylarda qoldirmaslik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, - deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida. 

Mavzu
Buxoro viloyatidagi bo‘ron
2020 yil 27 aprel kuni kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida, ayniqsa Buxoro viloyatida kuchli shamol ko‘plab talafotlarga sabab bo‘ldi
Barchasi
Top