17:00 / 28.04.2020
5207

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ aholiga sug‘urta qoplamalarini to‘lamoqda

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ mamlakatimizda e'lon qilingan va insonlar hayotiga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasi davrida o‘z mijozlari oldidagi sug‘urta majburiyatlarini muddatida bajarib kelmoqda.

Aytish joizki, kompaniya tomonidan joriy yilning 17 aprelidan boshlab o‘tgan 10 kun ichida barcha hududlardan kelib tushgan 117 ta sug‘urta da'volari bo‘yicha jami 453,2 mln so‘m sug‘urta qoplamalari fuqarolarimizga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga to‘lab berildi.

Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida fuqarolarimizga qulayliklar yaratish kabi oliy maqsad ko‘zlangan bo‘lib, ularni amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, tadbirkorlarga sug‘urtaviy ko‘mak ko‘rsatish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash borasida, 2019 yil 13 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5780-sonli farmoni qabul qilingan bo‘lib, farmonning 16-bandida «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlikni moliyalashtirishdagi xatari bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirishi belgilab qo‘yilganligi e'tiborga loyiq.

Hurmatli tadbirkorlar, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ sizga mavjud sug‘urta turlari bo‘yicha hamkorlik qilgan holda yordam berishga ham tayyor.

Shu bilan birga, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ mavjud sug‘urta turlari, shu jumladan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha (OSGOR) hamda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha (xalq tilida «majburiy avtosug‘urta») xizmatlarining onlayn sotuvini yo‘lga qo‘yganligini hamda quyida keltirilgan raqamga telegram kanali orqali murojaat etib, xizmatlarni onlayn olishingiz mumkinligini eslatib o‘tadi.

Toshkent shahri hududi bo‘yicha: @KAFOLATtashkent,+998 93 5051666

Ma'lumot olish uchun: +998 78 1505003

E-mail: tashkent-filial@kafolat.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda:

@KAFOLAT_OSGO, +998 90 9992007

Ma'lumot olish uchun: +998 71 2022023

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top