00:52 / 28.04.2020
11581
Karantinga olingan shaxsning xonasida qanday jihozlar bo‘lishi kerak?
Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomga ilova qilingan ro‘yxatda karantinga olingan shaxslar joylashtiriladigan xonalarda bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarning quyidagi eng kam me'yorlari belgilab berilgan:

  • Kiyim javoni – 1 ta
  • Tumba (oyoq kiyimlar uchun) – 1 ta
  • Karavot – 4 ta
  • Stol – 1 ta
  • Stul – 4 ta
  • Yumshoq jihozlar uchun javon – 1 ta
  • Yostiq – 4 ta
  • To‘shak – 4 ta
  • Ko‘rpa (jun yoki paxtali) – 4 ta
  • Choyshab – 4 ta
  • Yostiq jild – 4 ta
  • Ko‘rpa jild – 4 ta
  • Xo‘jalik anjomlari uchun javon – 1 ta
  • Sochiq – 4 ta
  • Qog‘oz salfetkalari – 4 ta
  • Axlat qutisi – 1 ta
  • Pol yuvish uchun latta – 1 ta
  • Chelak – 1 ta
  • Supurgi – 1 ta
  • Hokandoz – 1 ta
  • Shvabra – 1 ta
  • Konditsioner – 1 ta
  • Televizor – 1 ta
  • Termometr – 4 ta
  • Devorda turadigan ilgich (sochiqlar uchun) – 1 ta
  • Xolodilnik – 1 ta
Top